Sirdaryo viloyatida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasida jamoaviy uloq-ko'pkari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Sirdaryo viloyatidagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining "Otchopar" maydonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasida jamoaviy uloq-ko'pkari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Musobaqa davomida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, sportning kamondan otish turi bo'yicha ham merganlik qobiliyatlari sinovdan o'tkazildi.
Bellashuv do‘stona va qizg‘in kurashlarga boy tarza bo‘lib, uchinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligi jamoasiga, ikkinchi o‘rin Milliy gvardiya jamoasiga, faxrli birinchi o‘rin esa Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlar jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubog, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.