Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Milliy gvardiya, Sport vazirligi, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi tomonidan har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan etno-sport turlaridan bo‘lgan jamoaviy uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi Xalqaro turnirga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5213-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 3-mart kunidagi "Ot sportining uloq-ko‘pkari turi bo‘yicha xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazishga doir yig‘ilishining" Bayoni qabul qilindi.

Mazkur bayonda belgilangan vazifalar yuzasidan bugun Sport vazirligi binosida, vazir o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupovlar raisligida joriy yilning 24-26 mart kunlari Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hududida bo‘lib o‘tadigan uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi Xalqaro turnirining tashkiliy hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha ma’sul vazirlik va idoralar, OAV vakillari ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida to‘rtinchi bora o‘tkazilayotgan uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi Xalqaro turnirda qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va Rossiya federatsiyasi, Vengriya va Mongoliya singari davlatlarining jamoaviy uloq-ko‘pkari bo‘yicha terma jamoalarining ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ushbu turnirni yuqori saviyada tashkil etilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idoralar vakillariga vazifalar belgilab berildi. Shu bilan bir qatorda “Navro‘z” umumxalq bayramimiz arafasida o‘tkzilayotgan ushbu turnirni milliy urf odatlar va o‘yinlarimiz bilan xalqimizga bayram shukuhini ulashgan holda, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etildi.

Boshqa xabarlar