Maktablar faoliyati
Chavandozlar maktablari faoliyati yo'lga qo'yildi
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktablarining ish faoliyati to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi PQ-5212-son “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o'rtasida ot sportini faol targ'ib qilish va ommalashtirish maqsadida:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) sektsiyalari tashkil qilindi hamda Chavandozlar maktablari 2022 yilning 1 mart kunidan o'z faoliyatini boshladi.
Maktablarning maqsadi: O'smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko'pkari bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan O'zbekiston terma jamoalari uchun o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qo'llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
Yosh avlod chavandozlarini saralab olish, chavandozlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish, Osiyo va jaxon chempionatlarida, olimpiada va xalqaro musobaqalarda milliy ot sportining xalqaro dovrug'ini oshirish hamda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishdan iborat.
Chavandozlar maktablarining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari: Chavandozlar maktablarining faoliyati ot sportining uchkurash, to'siqlardan sakrash va ot yo'rttirish, zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-ko'pkariga ixtisoslashtirilgan;
Chavandozlar maktablari davlat buyurtmasiga asosan ular tomonidan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash tizimi joriy etildi;
O'smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko'pkari bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (selektsiya), sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash bo'yicha o'quv-mashq jarayonini tashkil etish, shuningdek, ushbu sport turlari bo'yicha sport tayyorgarligi mutaxassislari o'rtasida kasbiy tajribani almashish;
Xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan O'zbekiston terma jamoalari uchun o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qo'llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash;
Ippoterapiya markazlari tomonidan aholiga xizmat ko'rsatilishi va Ippoterapiya markazlarida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga bepul xizmat ko'rsatish nazarda tutilgan.
Chavandozlar maktablarining malakali murabbiylari tomonidan ot sportining to'siqlardan sakrash, uchkurash, ot yo'rttirish, zamonaviy beshkurash, polo,
uloq-ko'pkari, ot poygasi va ot ustida kurash turlari bo'yicha 12 yosh va undan kattalar uchun haftaning 6 (olti) kuni (dushanba kunidan shanba kuniga qadar) mobaynida o'quv-mashg'ulotlari olib boriladi.