Sport otlari

Ot qadimdan insonning eng yaqin yordamchisi. Оdamga do‘st tutinishda va sadoqatda tengsiz jonivordir

Sayyoramizda turli xildagi ajoyib hayvonlar mavjud, ularning baʼzilarini koʻrish uchun sayohat qilish shart emas. Barchamiz uchun oddiy boʻlib koʻringan otlarning xam siz eshitmagan va koʻrmagan shunday zotlari borki, ularni koʻrib hayron qolishingiz aniq.
Otlar shunday mahobatli va chiroyliki ularni yoqtirmaslikning iloji yoʻq. Ularning turi va zoti insonni lol qoldiradi va zavqlantiradi. Otlar ajoyib tirishqoqligi va goʻzalligi bilan ajablanarli. Bular odamlar uchun yordam berishga tayyor boʻlgan yoqimli va mehribon mavjudotlardir. Ular samimiy his-tuygʻularga ega. Shuning uchun ot sporti bugungi kunda mashhurlik darajasiga ega.

img

Qorabayir

Salt miniladigan va aravaga qo‘shiladigan, qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda foydalaniladigan ot zoti. Bu otlar yuqori baholangan va tantanali chiqish otlari sifatida olib chiqilgan. Qorabayir zotli otlar kuchli, issiq, to‘siqlardan mukammal o‘tishadi va ov qilish uchun ajralmas hisoblanadi. Ular yengil, chaqqon, bardoshli, shuning uchun bu otlar asosan “uloq ko‘pkari” kabi xalq o‘yinlarida ishtirok ettirilgan.

img

Axalteke

Turkmaniston hududida taxminan 5000 yil oldin yetishtirilgan. Bu koʻplab nasllarga taʼsir koʻrsatadigan eng qadimgi nasldir. Quruq va issiq iqlimga yaxshi moslangan va boshqa sharoitlarda mukammal uygʻunlashgan. Ahaltekin - tekin yoki turkman otlari nomlari bilan ataladi.

img

Vladimir

O‘ziga xos xususiyatlari bilan itoatkorlik va har qanday ishni bajarishga tayyorligi bilan ajralib turadi. Vladimir otlari kuchli issiqlikda va yomg‘irda ishlashi mumkin. Salbiy tashqi omillar ularga kuchli ta'sir ko‘rsatmaydi.O‘ziga nisbatan mehrli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lgan insonlarga itoatkorlik bilan javob berishadi.

img

Ingliz toza qonli ot

XVII va XVIII asrlarda Angliyada yetishtirilgan yarim qonli otlarning nasli hisoblanadi. Dastlab, bu otlar ingliz otlari deb ataladi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ko'paytiriladi. Koʻpincha ingliz safsari ya'ni safsar otlar bilan adashtirmaslik uchun aytiladi, chunki bu zotdagi otlar mahalliy ingliz otlar hamda safsar otlar bilan koʻpaytiriladi. Ularning harakati silliq va chiroyli. Barcha allyurlarda keng qadam, tabiatdan baquvvat, jasur va aqlli.