Sports horses
Ot qadimdan insonning eng yaqin yordamchisi. Оdamga do‘st tutinishda va sadoqatda tengsiz jonivordir
Sayyoramizda turli xildagi ajoyib hayvonlar mavjud, ularning baʼzilarini koʻrish uchun sayohat qilish shart emas. Barchamiz uchun oddiy boʻlib koʻringan otlarning xam siz eshitmagan va koʻrmagan shunday zotlari borki, ularni koʻrib hayron qolishingiz aniq.
Otlar shunday mahobatli va chiroyliki ularni yoqtirmaslikning iloji yoʻq. Ularning turi va zoti insonni lol qoldiradi va zavqlantiradi. Otlar ajoyib tirishqoqligi va goʻzalligi bilan ajablanarli. Bu odamlar uchun yordam berishga tayyor boʻlgan yoqimli va mehribon mavjudotlardir. Ular samimiy his-tuygʻularga ega. Shuning uchun ot sporti bugungi kunda mashhurlik darajasiga ega.
QORABAYIR
Salt miniladigan va aravaga qoʻshiladigan, qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishda foydalaniladigan ot zoti. Qadimgi Oʻrta Osiyo argʻumoqlarini moʻgʻul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida Oʻzbekistonda yetishtirilgan. Bu otlar yuqori baholangan va tantanali chiqish otlari sifatida olib chiqilgan. Qorabayir zotli otlar kuchli, issiq, toʻsiqlardan mukammal oʻtishadi va ov qilish uchun ajralmas hisoblanadi. Ular yengil, chaqqon, bardoshli, shuning uchun bu otlar asosan “uloq ko’pkari” kabi xalq oʻyinlarida ishtirok ettirilgan.
Axalteke
Turkmaniston hududida taxminan 5000 yil oldin yetishtirilgan. Bu koʻplab nasllarga taʼsir koʻrsatadigan eng qadimgi nasldir. Quruq va issiq iqlimga yaxshi moslangan va boshqa sharoitlarda mukammal uygʻunlashgan. Ahaltekin - tekin yoki turkman otlari nomlari bilan ataladi.
Vladimir
О'ziga xos xususiyatlari bilan itoatkorlik va har qanday ishni bajarishga tayyorligi bilan ajiralib turadi. Vladimir otlari kuchli issiqlikda va yomg'irda ishlashi mumkin. Salbiy tashqi omillar ularga kuchli ta'sir ko'rsatmaydi. Agar otlarga g'amxo'rlik qilish va parvarish qilinsa, ular o'zlariga berilgan turli funksiyalarni bajarishga qodir bo'ladi. O'ziga nisbatan mehrli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lgan otlar itoatkorlik bilan javob berishadi.
Ingliz toza qonli ot
XVII va XVIII asrlarda Angliyada yetishtirilgan yarim qonli otlarning nasli hisoblanadi. Dastlab, bu otlar inglizcha otlar deb ataladi. Ammo ular dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yetishtirilib, faqatgina nomi almashtirilgan. Bundan tashqari, u koʻpincha ingliz safsar deb ataladi. Chunki bu nom baʼzan safsar otlar bilan adashtirmaslik uchun aytiladi, lekin qatʼiyan bunday nomga amal qilinmaydi, chunki bu zotdagi otlar mahalliy ingliz otlar hamda safsar otlar bilan koʻpaytirilib yetishtiriladi. Bu zotdagi otlar yarimqonli deyiladi. Bu otlarning harakati silliq va chiroyli. Barcha allyurlarda keng qadam, tajribali gallop va tabiatdan baquvvat, jasur va aqlli xususiyatlariga ega.