Ot sporti turlari
OT SPORTI GO‘ZALLIK VA NAFOSATDIR
Ot sporti - bu umumiy tushuncha bo‘lib, unda ot minishning turli usullari, musobaqalar turlari, ot sporti o‘yinlari, ot minish va otlarning ishtirokida foydalangan holda mashqlar bajarish hamda chavandoz otning harakati bilan faol munosabatda bo‘lishi tushuniladi. Ot - har birimizda bu so‘z bilan bog‘liq turli xil tasvirlar mavjud. Kimdir uchun bu parkdagi poni, kimdir uchun bu shunchaki go‘zal hayvon, kimdir uchun bu do‘st. Ammo, hamma bir haqiqatga qo‘shiladi: ot ajoyib, chiroyli, ko‘rkam, kuchli, bardoshli va aqlli hayvon.
Inson otni ko‘p asrlar davomida biladi va bu asrlar davomida undan foydalanish, uni o‘rgatish, u bilan muloqot qilishning ko‘plab usullarini o‘ylab topdi.
Otni jilovlash va bo‘ysundirish uchun baʼzan juda ko‘p vaqt talab qiladi. Otni do‘st sifatida ko‘radiganlar ko‘plab uchraydi. Va faqat bunday vaziyatda siz otdan ko‘p narsaga erishishingiz mumkin va undan ham ko‘proq.
Ot sporti turli xil, chiroyli, xavfli, hayajonli bo‘lishi mumkin.
Ot sporti juda xilma-xil, ammo faqat uchtasi klassik olimpiya turlariga kiritilgan. Булар:
* To‘siqlardan sakrash
* Ot yo‘rttirish
* Uchkurash
Bu yerda biz ushbu sportning barcha jabhalarini ko‘rib chiqamiz.
To‘siqlardan sakrash (konkur)
Bu ot sportining Olimpiya turi, uning mohiyati to‘siqlardan sakrash maydonchasida maʼlum tartibda har xil to‘siqlardan sakrab o‘tishdir. Ot sporti musobaqalarining eng ajoyib turi hisoblanadi. To‘siqlardan sakrash 1900 yilda II Olimpiya o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritilgan.
Ot yo'rttirish
Xalqaro terminologiyaga koʻra, yuqori sport maktabi va Olimpiya turi. Bu sport turi otning toʻgʻri va tekis yurishi, itoatkorligi va chavandoz bilan birgalikda harakat qilishga tayyorligi “odam-ot” juftligida toʻliq uygʻunlikdir. Ot yoʻrttirishni “ot bilan raqs” deb atashadi yaʼni chavandoz bilan birgalikda koʻrgazmali yurishni namoyish etishdan iborat. 1912 yil Olimpiya oʻyinlari dasturiga ilk bor kiritilgan.
Учкураш
Bu ot sporti musobaqalarida chavandoz uchun ham, ot uchun ham eng qiyin sinovlardan biri hisoblanadi. Bu sport bir vaqtning oʻzida uch xil yoʻnalishni oʻz ichiga oladi va sportchi juftlikning eng kuchli fazilatlarini namoyish etadi. Ot sportining uchkurash turi chiqish va boʻysunish; chidamlilik va notekis yerlarda turli toʻsiqlardan sakrashdir. Ot sportining uchkurash turi 1912 yil Stokgolmdagi (Shvetsiya) Olimpiyada oʻyinlari dasturiga ilk bor kiritilgan
Polo
Bu toʻpdan iborat jamoaviy sport turi boʻlib, unda ishtirokchilar otda oʻynashadi va toʻpni maxsus tayoq yordamida maydon boʻylab harakatlantiradi. Oʻyinning maqsadi - raqib darvozasiga imkon qadar koʻp marta zarba berish. 1900 yilda Parijda boʻlib oʻtgan II Olimpiya oʻyinlari dasturiga ilk bor kiritilgan.