"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida bolajonlar uchun unutilmas kun
Buxoro shahrida joylashgan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi qiziqarli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi vakillari ishtirok etib, oromgoh tarbiyalanuvchilari uchun maxsus ot sporti dasturini namoyish etdilar.
Tadbir doirasida bolajonlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga ot sportining tarixi, otlarga g‘amxo‘rlik qilish tartiblari va xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng esa oromgoh tarbiyalanuvchilari malakali chavandozlar hamrohligida otlarda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ushbu tadbir bolalarda nafaqat ot sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularda mehnatsevarlik, jasorat va hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
Tashkilotchilar tomonidan bildirilishicha, bu kabi tadbirlar kelgusida boshqa oromgohlarda ham davom ettiriladi.