Davlatimiz rahbarining ot sporti sohasiga oid belgilab bergan vazifalarining amaliy ijrosi ta’minlanmoqda, xususan Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Qorabayir otlari mahorati maktabi va “Qorabayir otchilik majmuasi” direktorlari bilan o‘quv-seminar tashkil etildi

Ikki kun davom etgan o‘quv-seminar, amaliy va nazariy tarzda tashkil etilib, o‘quv-seminardan ko‘zlangan maqsad direktorlarning kasbiy mahoratini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda kasbiy salohiyatini yuksaltirishga qaratildi.
O‘quv-seminarda Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbari so‘zga chiqib, direktorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad, kutilayotgan natijalar, o‘quv-mashg‘ulotlar tizimini samarali tashkil etishning muhim ahamiyatlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Seminarda bugungi kun dolzarb mavzulari ko‘rib chiqilib, unda ippoterapiya mashg‘ulotlarining samaradorligi, ot sporti bo‘yicha turli yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan turnirlar va erishilayotgan natijalar bo‘yicha sportchilarni malakalarini oshirishga yo‘naltirildi.
Mazkur tadbir sohaga oid faoliyat sifatini oshirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda ot sporti turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim tadbir bo‘ldi.

Boshqa xabarlar