Bugun, mamlakatimizda 9- aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda
Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.
Sana munosabati bilan Urganch tumanida joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hududida bo'lib o'tgan tadbirda Urganch shahrining 2-solin Akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Unda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining sportchilari tomonidan jahonga mashhur sarkarda va o'z zamonasining eng qudratli hukmdori Sohibqiron Amir Temurning ko’rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.
Tadbir so'ngida litsey o'quvchilari uchun ot;arda sayr qilish imkoni yaratildi.