Ot sportining polo turi bo‘yicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Markaziy Ippodrom "Otchopar" majmuasida  Milliy gvardiya va O'zbekiston Polo federatsiyasi hamkorligida Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari o'rtasida bo’lib o’tgan ot sportining polo turi bo'yicha "Milliy gvardiya kubogi" bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa davomida Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni chavandozlari ot sportining tentpegging turi bo'yicha va ot ustida jigitovka elementlari namoyish etishi bilan birga Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ham tayyorlab kelgan tarixiy ko'rgazmali chiqishlari bilan shahar yoshlari hamda poytaxtimiz mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Musobaqada “Bibixonim” va “Barchinoy” ayollar jamoasi ham ishtirok etib o‘zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa yanada qizg‘in va shiddatli o‘tishi uchun Jamoat xavfsizligi universitetining kursantlari tomonidan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etishdi.

Murosasiz bahslarga boy tarzda o’tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra birinchi o’rinni Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasi qo’lga kiritib musobaqaning mutloq g’olibiga aylanishdi. Ikkinchi o’rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati jamoasi egallagan bo’lsa, uchinchi o’rin esa Milliy gvardiya Navoiy viloyati Chavandozlar maktabi jamoasiga nasib etdi.

G’olib jamoalarni Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi, Ayollar polo ligasi rahbari O.Parpiboyeva, O’zbekiston Polo federatsiyasi raisi A.Rustambayev va mamlakatimizga tashrif buyurgan mehmonlar kubok, diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlashdi.

Boshqa xabarlar