“Yashil makon” umummilliy loyihasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Termiz tuman Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi hamkorligida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi
Davlatmiz rahbarining 2023-yil 23-noyabrdagi "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-199-son Farmoni hamda 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-171-son qarori ishlab chiqildi. Qabul qilingan qarorlarda mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum boʻronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish hamda daraxtlarni ekish va parvarishlash bo'yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida respublikamiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi olib borilmoqda. Huddi shunday ezgu ishlarda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Termiz tuman Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi ham belbog'lab loyiha davomida Qorabayir otlari mahorat maktabining hududiga kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida katta miqyosdagi ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirishdi.
Jumladan, jami 1 738 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, shulardan, 1 570 tup oʻrik daraxti ko‘chati, 123 tup tut daraxti ko‘chati hamda 45 tup manazarali Archa ko‘chatlari ekildi.
Aytib o'tish kerakki, ushbu ezgu tashabbus ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik makonni yaratishga qaratildi.




