Bugun, poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan Markaziy Temir yoʻlchilar madaniyat saroyida O'zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining 2025-yil yakuni sarhisobining taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.

Tadbirda ot sportining to’siqlardan sakrash, uchkurash, ot yo’rttirish, chovken, tent pegging, ot ustida kamondan o’q otish, jigitovka va tuyalar turlari bo’yicha yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, tashabbuslar, samarali mehnat ko‘rsatkichlari hamda jamoadagi fidokorona xizmatlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirda ishtirokchilar yil yakuni bo‘yicha erishilgan natijalar bilan tanishdilar, shuningdek, jamoa a’zolarining jahon arenalaridagi muvaffaqiyatlari bilan bo‘lishishdi va yangi g‘oyalar ustida muhokama olib borish imkoniga ega bo‘ldilar. Kelgusi yil uchun maqsad va ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab olindi.

Marosim doirasida eng faol xodimlar va jamoalar “Yilning eng yaxshi sportchisi, “Yilning eng yaxshi jamoasi”, “Yilning eng yaxshi treneri,Yilning eng yaxshi ayol sportchisi,  “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi, musobaqalarni o’tkazishda “Yilning eng yaxshi viloyatinominatsiyasi bo’yicha Milliy gvardiya Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari Chavandozlar maktablari taqdirlandilar.

“Yilning eng yaxshi Chavandozlar maktabinominatsiyasi bilan esa Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi taqdirlandi. Shuningdek, “Ot sportining faxriy sportchilari” hamda  “Yilning istiqbolli yoshlari” ko’krak nishonlari o’z egalariga topshirildi.

Shuningdek, Jigitovka sport turi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi jamoasi” nominatsiyasi bilan Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni jamoasi taqdirlanishdi.

Ushbu tadbir yil davomida qilinayotgan mehnatning munosib qadrlanishi, jamoadagi motivatsiyani yanada oshirish va kelgusi yilda yuqori marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Boshqa xabarlar