Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq bilan armiya bir tanu bir jon” shiori ostida uloq-ko‘pkari musobaqasi bolib o'tdi
Buxoro viloyati Peshku tumani Yangibozor MFY hududida tuman hokimligi, Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi va viloyat Uloq-lo‘pkari federatsiyasi bo'limi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi” hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq bilan armiya bir tanu bir jon” shiori ostida uloq-ko‘pkari bo‘yicha yoshlar va mahalliy aholi hamda tuman seksiyalari chavandozlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
Polvon chavandozlar uchun solimga qo‘yilgan qimmatbaho narsa emas, aksincha, bakovulning adolati, nomdor chavandozning abjirligi, haqiqat g‘alaba qozonishi, omad doim mardniki bo‘lishida ekanligini nomoyn etishdi. Bellashuv juda ham qizg'in va shiddatli bahslarga boy bo'ldi. Har bir mohir chavandozning mohirona ot boshqarishi kishini lol qoldirdi.