Qashqadaryoda ot sportining ot yo'rttirish, to'siqlardan sakrash, ot ustida kurash, ot poygasi, tentpegging va chovken turlari bo'yicha saralash bosqichi musobaqalari o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyatidagi Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasi hududida Milliy gvardiya Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Chavandozlar maktablarining sportchi yoshlari o'rtasida ot sportining ot yo'rttirish, to'siqlardan sakrash, ot ustida kurash, ot poygasi, tentpegging va chovken turlari bo'yicha saralash bosqichi musobaqalari o'tkazildi.
To'siqlar balandligi 110 sm bo'lgan yo'nalishda Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi sportchilari Dilshod Mamadaliyev "Swetandsour" laqabli sport otida 1-o'rinni hamda Ashrafxon Nigmatov "Casamiro" laqabli sport otida 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. Huddi shu yo'nalishda Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi sportchisi Abror Esonov "Kracc" laqabli sport otida 3-o'rinni egalladi.
ot sporti turlari bo'yicha saralash bosqichining ot yo'rttirish (выездка) turi bo'yicha bo'lib o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra:
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi sportchisi Abror Esonov "Miraj" laqabli sport otida 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi sportchilari Layla Turdaliyeva "Ademus" laqabli sport otida 2-o'rinni hamda Behruz Mirhaydarov "Kamara" laqabli sport otida 3-o'rinni egallashdi.
ot sporti turlari bo'yicha saralash bosqichining chovken turi bo'yicha bellashuvlarining yakuniy natijalariga ko'ra:
Oltin medal
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi qo'lga kiritdi.
Kumush medal
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Qorabayir otchilik majmuasi jamoasi egalladi.
Bronza medal
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qorabayir otlari mahorati maktabi jamoasiga nasib etdi.