Davlatimiz rahbarining "O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida" PQ-5211 -sonli qaroriga muvofiq, ushbu sport turlarini rivojlanishining va ommalashtirish, borasida soxaga oid vazirlik va tashkilotlar qatorida Milliy gvardiyaga ham vazifalar belgilab berilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun poytaxtimizdagi Chilonzor tumani hokimligining anjumanlar zalida soxaga oid mutaxassislar va OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirildi
Ushbu tadbir, Chilonzor tuman hokimligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Polo federatsiyasi va Ayollar Polo ligasi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan, joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqasi oldidan tashkillashtirildi.
Ushbu anjumanda ishtirok etgan Chilonzor tumani hokimi-O‘zbekiston Polo federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari S. Xolxo‘jayev tomonidan, mazkur sport turi, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur davrida yuksak darajada rivojlanganligi va bugungi kunda bizgacha yetib kelganligi haqida so‘z yuritib, milliy qadriyatlarimizni davomchisi bo‘lgan va ushbu sport bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlarimiz esa zamonamiz qaxramonlari ekanligi ta’kidlab o‘tdi.
Xususan, mamlakatimizning kuch tuzilmalari harbiy xizmatchi va xodimlarini ham ot sportining olimpiya turlari bo‘yicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga keng jalb qilinib kelinayotganligiga ham alohida urg‘u berilib, ochiq muloqat tarzida davom etgan tadbir davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar javob berishdi.
Tadbir yakunida, barchani qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lishi kutilayotgan mazkur musobaqaga taklif qilingan holda sportchi chavandozlar jamaolariga omad yor bo‘lishi aytib o‘tildi.