Bugun Toshkent shahar "Markaziy temir yo‘lchilar madaniyat saroyi"da O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, Zamonaviy beshkurash, Chovken va Tentpegging federatsiyalarining 2024 yil mavsum yakunlari bo‘yicha hisobot saylov konferensiyasi hamda yil nominatsiyalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi rahbarligida olib borildi. Unga ko’ra, federatsiya rahbariyati tarkibiga tavsiya etilgan nomzodlarning ro’yhatlari taqdim etildi. Ovozga qo‘yish natijasida B.Gaziyev federatsiya raisi etib tayinlandi. Shuningdek, federatsiya administratsiyasi tarkibi ham ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.
B.Gaziyev kelgusida ot sporti turlarini xalqaro sport arenalariga olib chiqish borasidagi rejalari bilan bo‘lishdi.
Konferensiya davomida turli nominatsiyalar “Istiqbolli yoshlar”, “Yilning yaxshi Chavandozlar maktabi”, “Yilning eng yaxshi treneri”, “Yilning eng yaxshi chavandozi”, “Yilning eng yaxshi ot yo’rttirish chempioni”, “Yilning eng yaxshi to’siqlardan sakrash (konkur) turi”, “Yilning eng yaxshi uchkursh turi” hamda “Yilning eng yaxshi oltin taqasi” o’z egalariga topshirildi.
“Yilning yaxshi Chavandozlar maktabi” nominatsiyasi bo’yichi Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi rahbariyati taqdirlandi.
Ushbu tashkilotlarning asosiy maqsadi ot sporit turlarni rivojlantirish va ommalashtirish, mazkur sport turlari orqali aholi, ayniqsa yoshlarni ot sporti turlariga qiziqtirish hamda xalqaro sport arenalarida yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarishdan iborat.