Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi.
Marosimda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat Nuroniylar jamg‘armasi, viloyat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi faxriylar kengashi vakillari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va umumta'lim maktablarining harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tantanali ravishda tasmani kesishdi, yangi ot sporti majmuasi ochildi va o'ziga yuklatilgan fazifani bajarishga shay!
Majmuada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ochiq va yopiq turdagi manej, otxona, ozuqa bazasi va otlarni qadamlash uchun joylar (shagalka) barpo etilgan.
Tantanali tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar uchun yanada ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni chavandozlari ot sportining tentpegging turi bo'yicha va ot ustida jigitovka elementlarini namoyish etishdi.
Tadbir davomida chavandozlar ot sportining polo turi bo'yicha bellashdilar. Tomoshabinlar chiqishlardan katta zavq oldilar, har bir chavandozni qarsaklar bilan kutib oldilar va ularni qo'llab-quvvatlab turdilar.