Bugungi kunda mamlakatimizda ot sporti turlarini aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimi yo'lga qo'yilgan.
Xususan, kuni kecha Samarqand viloyatidagi Milliy gvardiya Chaavndozlar maktabiga Oqdaryo tumanida joylashgan 52-sonli Ixtisoslashtirilgan maktab internatining o‘quvchi yoshlari tashrif buyurishdi.
Dastlab tashrif davomida yoshlar maktab faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, malakali mutaxassislar tomonidan otlarni parvarishlash, otni egarlash, otga minish, otni to'g'ri harakatlantirish kabi tushunchalar berilib, shu bilan bir qatorda ot anjomlari bilan ham tanishtirildi.
Shuningdek, o'quvchi yoshlar malakali mutaxassislar yordamida ochiq maydonda otlarda sayr qilish imkoniga ega bo'lishdi. Bu kabi tadbirlar o'tkazilishi yoshlar o'rtasida ot sportini ommalashtirishga xizmat qiladi.