Mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida videoselektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ibot qilish va ommalashtirish belgilangan.
Mazkur qaror qaor ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 16-sentyabr kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov raisligida, O’zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyev, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazi direktori N.Karimova, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda respublika bo‘ylab Chavandozlar maktablari direktorlari, shuningdek sohaga oid mutasaddi rahbarlar ishtirokida mamlakatimizda ot sporti turlarini keng ommalashtirish, mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish, yosh avlodni ushbu sport turlariga keng jalb etish hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishish maqsadida videoselektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib bergan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan so‘nggi yillarda ot sporti sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishda qator islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, zamonaviy ot sporti infratuzilmasini yaratish, yosh sportchilarni tayyorlash, xalqaro tajribani joriy etish va ommaviylikni oshirish borasida samarali ishlar olib borilayotganligi va bugungi yig‘ilish ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarga yana-da turtki berish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilganligi haqida so’z yuritdi.
Shuningdek, yig’ilish davomida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirish va parvarishlashning zamonaviy usullarini tashkil etish, otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlarini yaxshilashga ko‘maklashish hamda xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalarini joriy etish, murabbiylar, ustachavandozlar, chavandozlar va taqachilarni xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari ko’rib chiqilib aniq vazifalar belgilan olindi.
Shu bilan bir qatorda yig’ilish mobaynida O'zbeksiton Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi viloyat bo’limlarining ijrochi direktorlari lavozimlariga Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari direktorlari ushbu lavozimlarga saylanishdi. Yig‘ilish yakunida barcha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.