Vodiyda ot sportining to'siqlardan sakrash turi bo'yicha viloyat ochiq chempionati o'tkazildi
Andijon viloyatidagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 10 dekabr- Davlat Madxiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan ot sportining to'siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi o'quvchi-sportchilari hamda “HORSE-KING” xususiy ot sporti klubi a’zolari o‘zaro bellashishdi.
Chavandozlar to‘siqlar balandligi 80 sm va 110 sm bo‘lgan yo'nalishlarda sport otlari bilan birgalikda sakrab musobaqa so'ngiga qadar bor mahoratlarini namoyon etishdi.
To'siqlardan sakrashda 12-14-16 yosh va undan katta yoshdagi sportchilar g'oliblik uchun kurashdilar. Bahslar musobaqa qoidalariga muvofiq olib borildi.
Musobaqa yakunida g'olib chavandozlar tashkilotchilar tomonian kubok, diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandilar.