Milliy gvardiya va Polo federatsiyasi hamkorligida yirik Polo musobaqasi: Tulporlar bilan tarix yozayotgan yoşlar: Özbekiston kubogi boşlandi!

Bugun, 19-noyabr kuni Toşkent şahri Çilonzor tumanida joylaşgan Markaziy Ippodrom "Otçopar" majmuasida  Milliy gvardiya va Özbekiston Polo federatsiyasi hamkorligida ot sportining polo turi böyiça ayollar va erkaklar örtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi tantanali ravişda boşlandi.

Mazkur musobaqa mamlakatimizda ot sportini, xususan, polo yönalişini yanada rivojlantiriş, yoşlar örtasida uşbu sport turiga bölgan qiziqişni oşiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda Çavandozlar maktablari faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etildi.

Nufuzli sport tadbirida Milliy gvardiya tizimidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Farğona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm hamda Toşkent viloyatlaridagi Çavandozlar maktablari polo jamoalari özaro kuç sinaşmoqda.

Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan jami 160 nafarga yaqin sportçi iştirok etmoqda. Şundan 75 nafari qizlar, 85 nafari esa öğil bolalardan iborat. Bu esa musobaqada yoş sportçilarning, xususan, qizlarning ham polo sportiga bölgan qiziqişi va faolligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Bellaşuvlar davomida iştirokçilar özlarining çavandozlik mahorati, tezkorligi, jamoaviy hamkorligi, çaqqonligi hamda taktik tayyorgarligini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böladilar. Zero, polo sporti nafaqat jismoniy çiniqiş, balki yuqori darajadagi muvofiqlik, tezkor qaror qabul qiliş, özaro hamjihatlik va mas’uliyatni ham talab etadi.

Mazkur musobaqa yoş avlodni jismonan soğlom, irodali va faol etib tarbiyalaş, milliy çavandozlik an’analarini asrab-avaylaş hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz şarafini munosib himoya qila oladigan iqtidorli polo sportçilarini yetiştiriş yölidagi muhim sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Özbekiston kubogi doirasidagi bellaşuvlar iştirokçilarga öz mahoratini namoyiş etiş, tajriba almaşiş va yangi marralar sari intiliş uçun munosib imkoniyat yaratmoqda.

Boshqa xabarlar