Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti turizm fakulteti talabalarining dastlabki ko'nikmalari
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti turizm fakulteti talabalari uchun poytaxtimizda joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi maydonida ot sportining texnik va taktik qoidalari bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida talabalar ot sportining tarixi, uning turlaridagi o‘ziga xos jihatlar, shuningdek, chavandozlikda muhim hisoblangan muvozanat, tezlik, otni boshqarish texnikasi hamda xavfsizlik qoidalari bilan tanishdilar.
Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, talabalar ot minish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.




