Mamlakatimiz o‘quvchilarining ot sportiga qiziqishi ortib bormoqda

Respublikamizda ot sportini rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ibot qilish va ommalashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatidagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi tomonidan navbatdagi amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi. Unda o'quvchi yoshlar sport otlarida sayr qilish bilan bir qatorda otlar bilan do'stlashish imkoniga ega bo'lishdi.

Boshqa xabarlar