Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida uloq-ko'pkari bo'yicha musobaqa tashkil etildi
Mazkur musobaqada tajribali chavandozlar hamda yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etib maydonda haqiqiy milliy ruh, g‘ayrat va jasorat bilan to‘la muhit yaratildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, chavandozlik mahorati hamda jamoaviy harakatlardagi uyg‘unlik alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
Bunday musobaqalar nafaqat ot sporti rivojiga, balki milliy merosimizni asrash va targ‘ib qilishga, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.




