Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chavandozlar maktabi ham ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Bu tashabbus doirasida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hududidagi bo‘sh yer maydonlariga 500 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof muhitni yanada go‘zal va sog‘lom qilishga xizmat qiladigan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlar nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki aholida tabiatga ehtirom va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chavandozlar maktabining bunday tashabbuslari ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Boshqa xabarlar