Kuni kecha, Xorazm viloyatidagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hududida atrof muhitni obodonlashtirish va binolar holatini kapital ta'mirlash ishlari olib borildi
Ushbu jarayonda maktab hududidagi barcha binolar ya'ni otxonalar, yopiq va ochiq (manejlar) maydonlarning texnolog, mexanik, elektrik qismlari to‘liq ta'mirlandi. Shuningdek, archa daraxtlari ekilib, yangi o'ziga xos o'tovlar barpo etildi.
Kapital ta'mirlash ishlari belgilangan rejaga muvofiq muvaffaqiyatli yakunlanib, ushbu ta'mirlash ishlarida maktabning ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishdi.




