Farg'onada “Mergan chavandoz”, “Mergan sportchi” va “Temuriylar bellashuvi” yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatidagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining "Otchopar" maydonida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo'yicha boshqarmasi tomonidan O‘zbek jang san'atining sportchilari o‘rtasida “Mergan chavandoz”, “Mergan sportchi”, “Temuriylar bellashuvi” yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqa davomida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining o‘quvchi-sportchilari ot sportinig tentpegging turi bo‘yicha ko'rgazmali chiqishlar namoyish etishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.