Farg'onada “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda
Kuni kecha, Milliy gvardiya Farg'ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Chavandozlar maktabi hududida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida 300 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Mazkur tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish va maktab atrof-muhitining ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Loyiha davomida harbiy xizmatchilar xodimlar va maktab ishchi xizmatchilari faol ishtirok etib, daraxt ekishning barcha agrotexnik qoidalariga amal qildilar.
Shuningdek, ko‘chat ekish jarayonida tuproq sifatini yaxshilash, sug‘orish tizimlarini tartibga solish va parvarishlash ishlari ham tashkil etildi. Ekilgan daraxtlar kelgusida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hududining yanada go‘zal, soya-salqin va ekologik jihatdan sog‘lom maskanga aylanishiga xizmat qiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi bunday tadbirlar Farg'ona viloyatining barcha tuman va shaharlari bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda.




