Farg‘ona shahrida ham “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi” munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida tantanali “Otliq kavaleriya” paradi o‘tkazildi

Farg‘ona shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umummilliy bayram tadbirlari doirasida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida tantanali “Otliq kavaleriya” paradi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur paradda davlatimiz ramzlariga hurmat va sadoqat, vatanparvarlik ruhini ifodalovchi chiqishlar bilan qatnashdilar. Shahar markaziy ko‘chalari bo‘ylab chavandozlarning xizmat va sport otlarida safda yurib o‘tgani, bayroqlar bilan bezatilgan maydonlarda aholining olqishlari va quvonchli onlar bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida bayrog‘imiz – milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz timsoli ekanligi, uni himoya qilish va qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlab o‘tildi. 

Farg‘ona aholisi va mehmonlari uchun ushbu parad nafaqat tomosha, balki Vatanga bo‘lgan muhabbat va iftixorni yana bir bor his etish imkonini berdi.

Boshqa xabarlar