Buxoro viloyatidagi “Yosh aloqachi” bolalar oromgohida “Besh tashabbus – Besh imkoniyat” shiori ostida tadbir tashkillashtirildi
Yoshlar millatning suyanchi va ertasi. Ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bundan tashqari, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo'yicha boshqarmasi, Harbiy prokuratura, Mudofaaga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, viloyat Qo'riqlash boshqarmasi, Chavandozlar maktabi va viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yosh aloqachi” bolalar oromgohida “Besh tashabbus – Besh imkoniyat” shiori ostida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirda Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabining mutaxassislari tomonidan oromgohda dam oluvchi bolajonlar uchunotlarda sayr qilish imkoni yaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar o'rtasida kamondan otish, shaxmat-shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o'tkazildi. Shu bilan birga Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchilari ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etishdi.
Mazkur tadbir so'ngida bolajonlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi.
Bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi yoshlarimizni bor kuch, bilim va tafakkurini ishga solgan holda o‘z ustida izlanishga chorlaydi.