Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida joylashgan Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi
Mazkur nufuzli "O'zbekiston otlari" ko'rgazmasi Davlatimiz rahbarining "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish сhоrа-tаdЬirlаri to'g'risida" 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-son qаrоriga muvofiq amalga oshirilib, unda sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha, ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda milliy madaniyat va an’analarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Xususan, bugungi bo'lib o'tgan nufuzli ko'rgazmaga xorijiy davlatlardan jumladan, Ispaniya, Germaniya va Xitoy davlatlaridan kelgan 100 nafarga yaqin sayyohlar shuningdek, 1000 dan ortiq mahalliy aholi ayniqsa yoshlar hamda OAV xodimlari tashrif buyurishdi. Sayyohlar dastlab, milliy an'analarga xos bo'lgan milliy qadriyatlar san’atiga chuqur hurmatlarini bildirishdi. Ularning ta’kidlashicha, milliy merosimizning ajralmas qismi bo’lgan Qorabayir otlarini, Samoviy arg’umoqlarni, milliy liboslardagi chavandozlarni va har bir otda mujassam bo‘lgan azaliy tariximizni ko‘rishi hamda O‘zbekiston otlarining qay darajada parvarishlanishi va milliy madaniyatimizning boyligi ularda katta taassurot qoldirdi.
Shundan so'ng, tadbirning asosiy qismida Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Surxondaryo viloyati Qorabayir otlari mahorati maktabi, Qashqadaryo viloyati Qorabayir otchilik majmuasida boqilayotgan Jahon arenalarida mohir chavandozlarimiz bilan birgalikda chempionlikni egallab, yurtimiz sha'nini munosib himoya qilgan milliy merosimizning ajralmas qismi bo'lgan noyob sanaluvchi Samoviy arg'umoqlari - Qorabayir, Axalteke va xorijiy davlatlar ot zotlari namoyish etildi. Namoyish davomida har bir sport otlarining tug'ilish tarixi, parvarishi va sportdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berib o'tildi.
Shuningdek, tadbir mobaynida chavandozlar ishtirokida ot sportining uloq-ko'pkari bo'yicha jamoasi, ot ustida kurash jamoasi va O'zbekiston Polo federatsiyasining Ayollar polo ligasi jamoalarining ko'rgazmali chiqishlari bilan bir qatorda ko‘rgazma maydonida mehmonlar uchun maxsus tashkil etilgan burchaklarda otlarga oid milliy hunarmandchilik na'munalari, milliy laparlar san’ati, tarixiy eksponatlar ham namoyish etildi.
Ko'rgazma yanada yuqori saviyada o'tishi va tashrif buyurgan mehmonlarga xush kayfiyat ulashish maqsadida sahnaga yanada ko'rk bergan Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazining Ashula va raqs ansambli hamda Qashqadaryo viloyati xonandalarining ajoyib va tantanovor kuy qo'shiqlari, Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni chavandozlarining jigitovka - ot ustida akrobatika elementlari hamda Milliy gvardiya Ot sporti bo'yicha oliy sport mahorati maktabi chavandoz qizlarining ko'rgazmali chiqishlari tadbir shukuhini yanada avj oldirdi.
Haqiqatdan ham bugungi ko'rgazmada har bir otlar - bu bir afsona ekanligi, har bir yugan - bu bir san’at asari ekanligi, milliy qadriyatlar esa bu bir azaliy tarimiz ekanligi yaqqol namoyon etildi. Bu nafaqat ko‘rgazma, bu - milliy g‘ururimizning tantanasi bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Ta'kidlab o'tishimiz kerakki, ushbu nufuzli ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – milliy otchilik merosini saqlash, yosh avlodga yetkazish hamda O‘zbekistonning bu boradagi salohiyatini dunyoga tanitishdan iborat bo'ldi.