Qashqadaryo viloyatining Yettitom MFY hududida uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi
Kuni kecha, Qashqadaryo viloyatining Yettitom MFY hududida katta shukuh bilan an’anaviy uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tomoshaviy va milliy ruhiyat bilan o'tkazilgan musobaqada Koson, Muborak, Kasbi, Ko‘kdala, Qamashi hamda Chiroqchi tumanlarining eng mohir, tajribali va dadil polvon chavandozlari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining malakali sportchilari ham bahsga qo‘shilib, bellashuvga yanada yuqori raqobat va qiziqish bag‘ishladi. Tomoshabinlar esa bahodir chavandozlarning chaqqonligi, otlarning jadal harakatlari va kurash jarayonidagi hayajonli daqiqalardan zavq olishdi.
Ushbu musobaqa nafaqat sport bayrami, balki milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish, yoshlarni bahodirlik, matonat va jismoniy tayyorgarlikka undashga xizmat qilgan muhim tadbir sifatida e’tirof etildi.




