Andijonda polo bo'yicha mintaqaviy musobaqaning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati Chavandozlar maktabi hududida ot sportining polo turi bo'yicha mintaqaviy musobaning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda Milliy gvardiya Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlari Chavandozlar maktablari sportchilari o'zaro bellashishdi.

Mazkur musobaqaga Andijon viloyati hokimligi, Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi faxriylari, maxalla fuqarolar yig‘inlari faollari tashrif buyurishdi.

Musobaqa davomida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlab kelingan ko’rgazmali chiqishlar musobaqaga shukuh ulashib, tom maʼnoda tashrif buyurgan mehmonlarga va mahalla ahliga yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Shiddatli va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan musobaqaning yakuniy natijalari ko'ra, eng yaxshi natijani Milliy gvardiya Andijon viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi ko'rsatib birinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Farg'ona viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi ikkinchi o'rinni egallashgan bo'lsa, Namangan viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

O'z navbatida mazkur musobaqalar respublikamizning barcha chavandozlarini birlashtirib, ularda halollik, raqibga hurmat eng asosiysi do‘stona munosabatni mujassamlashtirmoqda.

Yakunda g'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Boshqa xabarlar