Hamkorlik samaralari – yoshlar tarbiyasida muhim qadam!

Samarqand shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi o‘rtasidagi hamkorlik ishlari bugungi kunda izchil, samarali va tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik doirasida maktablar o‘rtasida nafaqat sport va madaniyat sohalarida tajriba almashish, balki yoshlar tarbiyasi, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga doir bir qator birgalikdagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun ushbu hamkorlikning yana bir samarali qadam sifatida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabining tajribali mutaxassislari tomonidan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga chavandozlik sportining tarixiy ildizlari, o‘ziga xos texnika va uslublari, shuningdek, bu sport turi orqali yoshlar jismoniy chidamlilik, tezkorlik va ma’naviy kamolotga erishish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda milliy sport turlarini rivojlantirishning ahamiyati, ularning jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi roli keng yoritildi. O‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali chavandozlik sporti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham oldilar.

Boshqa xabarlar