“1 OKTABR - O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR” KUNI MUNOSABATI BILAN OT POYGASI MUSOBAQASI O'TKAZILDI

Bugun 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumanida joylashgan “O’zbegim otlari” ot sporti klubida Milliy gvardiya va “O’zbegim otlari” MCHJ hamkorligida ot sportining ot poygasi turi bo‘yicha “1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan yoshlar o’rtasida musobaqa o'tkazildi.

Mazkur musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati Chavandozlar maktablari hamda “O’zbegim otlari” ot sporti klubi chavandozlari ingliz toza qonli ot zotlari, ahalteke hamda qorabayir zotli sport otlari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, musobaqa davomida viloyat Qo'riqlash boshqarmasi tomonidan havaskor yoshlar uchun sportning kamondan otish turi bo'yicha ko'rgazmali mahorat mashg'ulotlari o'tkazildi.
Shu bilan bir qatorda Milliy gvardiya harbiy orkestrlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar musobaqaning o‘zgacha tantanavorligi bilan ajralib turdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra 1-o'rinni Milliy gvardiya Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi chavandozlari Azam Hakimbekov "Mavr" laqabli sport otida hamda 2-o'rinni Mavlon O'tkirov "Olamxon" laqabli sport otida qo'lga kiritishdi. 3-o'rinni esa Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi chavandozi Furqat Qoraboyev "Panterra" laqabli sport otida qo'lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqada tashkilotchilardan “O’zbegim otlari” ot sporti klubi rahbariyati Milliy gvardiya mas'ullari tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ot poygasi eng qadimiy raqobatbardosh sport turlaridan biri hisoblanadi, chunki uning asosiy sharti — ikki yoki undan ortiq otdan qaysi biri maʼlum bir yoʻnalish yoki masofada eng tez yugurishini aniqlashdir.

Boshqa xabarlar