Surxondaryoda jamoaviy uloq-koʻpkari musobaqasi o'tkazildi

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi,
Oʻzbekiston Yoshlari ittifoqi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorati hamda Chavandozlar maktablari hamkorligida jamoaviy uloq-koʻpkari musobaqasi o'tkazildi.

Qizg'in va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra:
birinchi o'rinni Qorabayir otlari mahorat maktabi,
ikkinchi oʻrinni Milliy gvardiya jamoasi, uchinchi oʻrini Chavandozlar maktabi jamoasi qoʻlga kiritdi.

Musobaqa davomida sportning kamondan otish turi bo'yicha yoshlarning merganlik qobiliyatlari sinovdan o'tkazildi.

Musobaqa yakunida esa g'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Boshqa xabarlar