Ozarbayjonning Sheki shahrida o‘tkazilgan III MDH o‘yinlarida Chovken bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabining sportchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi
Avval xabar berganimzidek, Ozarbayjonning Sheki shahrida bo‘lib o‘tgan III MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) o‘yinlarida Chovken musobaqalari nihoyasiga yetdi. Ushbu nufuzli sport tadbirining final bellashuvida O‘zbekiston Chovgan terma jamoasi mezbon davlat — Ozarbayjon jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Final bahsida mardonavor harakat qilgan hamyurtlarimiz munosib tarzda kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Terma jamoamiz a'zolari — Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabining sportchilari bo‘lib, ular o‘z mahoratlari va jamoaviy o‘yini bilan barchaning e'tirofiga sazovor bo‘lishdi.
Musobaqadan so‘ng sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida Chovgan bo‘yicha terma jamoamiz tantanali ravishda kutib olindi.




