Chexiya Davlatidan kelgan sayyohlar Milliy Gvardiya Chavandozlar maktabiga tashrif buyurushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-5212-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur Qarorda Chavandozlar maktablari imkoniyatlaridan turizmni rivojlantirish yo‘nalishida unumli foydalanish, Chavandozlar maktablarini turistlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish, sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish belgilangan.
Bugun 19 aprel kuni Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hamda viloyat Madaniyat va turizm boshqarmalari hamkorligida Chexiya Respublikasidan tashrif buyurgan bir guruh sayyohlar uchun Milliy gvardiya Chavandozlar maktabiga sayohat tashkillashtirildi.

Tashrif davomida dastlab sayyohlar Chavandozlar maktabining ish faoliyati bilan tanishishdi. Unda maktabning mutaxassislari tomonidan sport formalari, sport otining anjomlari va ot sporti haqida tushunchalar berib o'tildi. Shuningdek, sayyohlar uchun maktabning o'quv-mashg'ulot o'tkaziladigan ochiq maydonida uloq-ko'pkari bo'yicha mahorat darsi olib borildi.

Boshqa xabarlar